Afrikaning eng yaxshi ayol futbolchisi mukofoti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Afrikaning eng yaxshi ayol futbolchisi mukofoti har yili Afrikaning eng yaxshi ayol futbolchisiga beriladigan mukofot hisoblanadi. Afrikaning eng yaxshi ayol futbolchisi mukofoti har yili dekabr oyida Afrika Futbol Konfederatsiyasi (CAF) tomonidan Afrika Futbol Konfederatsiyasi roʻyxatida turadigan jamoalarda futbol oʻynaydigan ayol futolchilarga beriladi. Nigeriyalik ayol futbolchi Asisat Oshoala Afrikaning eng yaxshi ayol futbolchisi mukofotini besh marta qo‘lga kiritgan hozirga qadar yagona ayol futbolchi. Ushbu natijasi bilan Asisat Oshoala Afrika Futbol Konfederatsiyasi jamoa futbolchilari orasida eng koʻp Afrikaning eng yaxshi ayol futbolchisi mukofotini yutish boʻyicha rekord qoʻygan[1][2][3]. Afrikaning eng yaxshi ayol futbolchisi mukofotini yutish boʻyicha Perpetua Nkwocha ikkinchi oʻrinni egallagan[4]. Perpetua Nkwocha jami hisobda 4 marta Afrikaning eng yaxshi ayol futbolchisi mukofotini qoʻlga kiritgan[4].

Afrikaning eng yaxshi ayol futbolchisi mukofoti birinchi marta 2001-yilda topshirilgan. To hozirgi kunga qadar Afrikaning eng yaxshi ayol futbolchisi mukofotini qoʻlga kiritishda nigeriaylik futbolchilar yaqqol ustillika ega[5]. Jami hisobda 12 marta (12 yil) nigeriyalik ayol futbolchilar Afrikaning eng yaxshi ayol futbolchisi boʻlishgan[5]. Xususan, Afrikaning eng yaxshi ayol futbolchisi mukofotini qoʻlga kiritish boʻyicha rekordchi Asisat Oshoala va toʻrt karra Afrikaning eng yaxshi ayol futbolchisi mukofoti gʻolibi boʻlgan Perpetua Nkwochalarning ikkisi ham nigeriyalik futbolchilar hisoblanadi. Lekin 2009-yil va 2013-yillarda Afrika Futbol Konfederatsiyasidagi ichki boshqaruvdagi oʻzgarishlar, rahbarning almashganligi sababli Afrikaning eng yaxshi ayol futbolchisi mukofoti hech bir futbolchiga taqdim etilmadi[6]. Bu ommaviy axborot vositalarining keskin tanqidiga olib keldi[7].

Besh karra Afrikaning eng yaxshi ayol futbolchisi mukofoti gʻolibi Asisat Oshoala
Toʻrt karra Afrikaning eng yaxshi ayol futbolchisi mukofoti gʻolibi Perpetua Nkwocha

Gʻoliblar roʻyxati[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 2001-yil[8] — Mercy Akide, Nigeriya
  • 2002-yil[4] — Alberta Sackey, Gana
  • 2003-yil[4][9] — Adjoa Bayor, Gana
  • 2004-yil[4] — Perpetua Nkwocha, Nigeriya
  • 2005-yil[4] — Perpetua Nkwocha, Nigeriya
  • 2006-yil[10] — Cynthia Uwak, Nigeriya
  • 2007-yil[11] — Cynthia Uwak, Nigeriya
  • 2008-yil[12] — Noko Matlou, Janubiy Afrika
  • 2009-yil[6] — mukofot hech kimga berilmagan
  • 2010-yil[13] — Perpetua Nkwocha, Nigeriya
  • 2011-yil[5] — Perpetua Nkwocha, Nigeriya
  • 2012-yil[14] — Genoveva Añonma, Ekvatorial Gvineya
  • 2013-yil[7] — mukofot hech kimga berilmagan
  • 2014-yil[15] — Asisat Oshoala, Nigeriya
  • 2015-yil[16] — Gaëlle Enganamouit, Kamerun
  • 2016-yil[17] — Asisat Oshoala, Nigeriya
  • 2017-yi[18] — Asisat Oshoala, Nigeriya
  • 2018-yil — Thembi Kgatlana, Janubiy Afrika
  • 2019-yil — Asisat Oshoala, Nigeriya
  • 2022-yil[19] — Asisat Oshoala, Nigeriya

Bir necha bor gʻolib boʻlgan futbolchilar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Futbolchi Gʻoliblik soni
Asisat Oshoala 5
Perpetua Nkwocha 4
Cynthia Uwak 2

Mukofot sovrindorlar davlatlar kesimida[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fuqaroligi Gʻolib futbolchilar soni
 Nigeriya 12
 Gana 2
Janubiy Afrika Respublikasi 2
 Kamerun 1
Ekvatorial Gvineya 1

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Football. „Oshoala dedicates record fifth CAF Player of the Year to Nigeria's Super Falcons“ (en). CAFOnline.com. Qaraldi: 2022-yil 22-iyul.
  2. „Asisat Oshoala wins fifth African Women's Player of the Year award | Goal.com“. www.goal.com. Qaraldi: 2022-yil 22-iyul.
  3. „Oshoala wins record fifth African Player of the Year award“ (en). www.fcbarcelona.com. Qaraldi: 2022-yil 22-iyul.
  4. 4,0 4,1 4,2 4,3 4,4 4,5 „CAF's African Women Player of the Year 2002–2005“. Rec.Sport.Soccer Statistics Foundation. Qaraldi: 2011-yil 6-avgust.
  5. 5,0 5,1 5,2 „Ivorians steal show at CAF Awards 2011“. CAF (2011-yil 23-dekabr). Qaraldi: 2012-yil 21-dekabr.
  6. 6,0 6,1 „2009 CAF awards“. CAF. 2011-yil 11-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 6-avgust.
  7. 7,0 7,1 „Nigeria sweep four awards at Glo-CAF awards“. CAF (2014-yil 9-yanvar). Qaraldi: 2014-yil 10-yanvar.
  8. „Nigerian women battle barriers in elite sports“. Daily Independent. Yahoo! (2002-yil 13-yanvar). 2013-yil 9-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 16-sentyabr.
  9. „FIFA.com – Player to Watch: Adjoa Bayor“ (2007-yil 25-avgust). 2007-yil 25-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 15-oktyabr.
  10. „2006 CAF awards“. CAF. 2011-yil 12-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 6-avgust.
  11. „2007 CAF awards“. CAF. Qaraldi: 2011-yil 6-avgust.
  12. „2008 CAF awards“. CAF. Qaraldi: 2011-yil 6-avgust.
  13. „Perpetua Nkwocha: Women's footballer of the year“. CAF (2010-yil 20-dekabr). Qaraldi: 2011-yil 6-avgust.
  14. „Genoveva Anonma is African Women's Player of the year“ (German). turbine-potsdam.de (2012-yil 21-dekabr). 2013-yil 21-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 21-dekabr.
  15. „Women"s Player of the Year – Asisat Oshoala (Nigeria)“. CAF (2015-yil 8-yanvar). Qaraldi: 2015-yil 8-yanvar.
  16. „AUBAMEYANG, SAMATTA RULE AFRICA“. CAF (2016-yil 7-yanvar). Qaraldi: 2016-yil 7-yanvar.
  17. „Women"s Player of the Year – Asisat Oshoala (Nigeria)“. Vanguard (2017-yil 5-yanvar). Qaraldi: 2017-yil 7-yanvar.
  18. „Women"s Player of the Year – Asisat Oshoala (Nigeria)“. BBC Sport (2018-yil 5-yanvar). Qaraldi: 2018-yil 5-yanvar.
  19. Oludare. „Asisat Oshoala wins fifth African Women's Player of the Year award“. Goal (2022-yil 21-iyul). Qaraldi: 2022-yil 21-iyul.