Afrika choʻchqa oʻlati
Afrika choʻchqa oʻlati (lotincha: pestis africana suum) — Afrika isitmasi, Sharqiy Afrika vabosi, Montgomeri kasalligi deb ham nomlanadi. Isitma, terining siyanozi va ichki aʼzolarda keng qon ketish bilan ajralib turadigan choʻchqalarning oʻta yuqumli virusli kasalligi[1]. Yuqumli hayvonlar kasalliklarining xalqaro tasnifi boʻyicha A toifadagi roʻyxatiga kiradi. Odamlar uchun xavfli emas[2].
Kalsallikning ikki haftagacha yashirin davri mavjud. Uning tashuvchilari kasallikni yuqtirgan yoki sogʻaygan hayvonlardir. Odatda virus tanaga oziq-ovqat, teri yaralari, shilliq pardalar, hasharotlar chaqishi orqali kiradi. Ushbu infeksiyani odam tomonidan yuqtirish holatlari boʻlmagan, ammo olimlar kasallik xavfini istisno qilmaydi. Chunki virus oldindan aytib boʻlmaydigan darajada rivojlanib boradi va uning turlari sonining koʻpayishi mumkin[3]. Shu paytgacha infeksiyani odam tomonidan yuqtirib olish holatlari qayd etilmagan, ammo olimlar kasallikning ushbu xavfini istisno qilmagan. Chunki virus oldindan aytib boʻlmaydigan darajada rivojlanishi mumkin.[4]
2021-yil mart oyida Serbiyaning Krushevas shahri yaqinidagi Globoder qishlogʻida joylashgan choʻchqa fermasida qayd etilgan Afrika choʻchqa oʻlati aniqlandi. Qishloq, oʻrmon va suv xoʻjaligi vazirligi choʻchqa fermasidan 10 kilometr radiusda joylashgan Krushevas, Trstenik va Aleksandrovac shaharlarini xastalik tarqalish xavfi mavjud boʻlgan hudud, deb eʼlon qilgan[5].
Rossiyaning Magadan shahridada ham xuddi shu oyda Afrika choʻchqa oʻlati tarqaldi. Hududdan 10 kilometr radiusda joylashgan boshqa fermer xoʻjaliklariga ham kirish-chiqish taqiqlangan. Faqat xodimlar, veterinariya shifokorlariga ruxsat berilgan[4]. 2021-yilning may oyida Yaponiyaning Gumma prefekturasida joylashgan fermer xoʻjaliklaridan birida Afrika choʻchqa oʻlati aniqlandi. Oʻlatga qarshi kurashish ishlari doirasida 10 mingga yaqin hayvon yoʻq qilindi[6].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kasallik Janubiy Afrikaning subekvatorial va mustamlaka mamlakatlariga XX asr boshlarida yetishtiriladigan zotdor choʻchqalarni tanitishning birinchi urinishlaridan buyon mavjud. Birinchi marta 1903-yilda Janubiy Afrikada aniqlangan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Африканская чума свиней“. Россельхознадзор. 2021-yil 27-noyabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ V Minzdrave zayavili, chto afrikanskaya chuma sviney ne predstavlyaet ugrozi dlya lyudey | Novosti meditsini | Nauka i meditsina
- ↑ „СМИ: в Сербии обнаружили африканскую чуму свиней“. ТАСС. Qaraldi: 10 март 2021.
- ↑ 4,0 4,1 „Россияда Африка чўчқа ўлати ўчоғи аниқланди“. Bugun.uz. 2021-yil 2-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021 йил 17 март.
- ↑ „Сербияда Африка чўчқа ўлати тарқалди“. Bugun.uz. 2021-yil 22-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021 йил 10 март. (Wayback Machine saytida 2021-07-22 sanasida arxivlangan)
- ↑ „Японияда ҳам Африка чўчқа ўлати тарқалди“. Bugun.uz. 2021-yil 13-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 4-aprel.