Afrika birligi tashkiloti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Afrika Birligi Tashkiloti (ABT) – Afrika qit’asidagi 53 davlatni (1994) birlashtiruvchi eng yirik mintakaviy siyosiy tashkilot. 1963 yil 25 mayda Afrika mamlakatlari dav-latlari va hukumatlari boshliqlarining Addis-Abeba konferensiyasida tash-kil etilgan. Afrika Birligi Tashkiloti Afrika davlatlari hamkorligini mustahkamlash, qit’adagi mamlakatlar mustaqilligini himoya qilish kabi maqsadlarni ko‘zlaydi. Afrikadagi har qaysi mustaqil va suveren davlat ABTga a’zo bo‘lishi mumkin. Asosiy organi Davlatlar va hukumatlar boshliadarining assambleyasi, Vazirlar kengashi, Bosh kotibiyat hamda Vositachilik, yarashtirish va hakamlar komissiyasidan iborat. Davlatlar va hukumatlar boshliqlarining assambleyasi – Afrika Birligi Tashkiloti oliy organi hisoblanadi. Afrika Birligi Tashkiloti ma’muriy organi – Bosh kotibiyat, unga Bosh kotib rahbarlik qiladi. Vositachilik, yarash-tirish va hakamlar komissiyasining vazifasi – Afrika Birligi Tashkiloti a’zosi bo‘lgan davlatlar orasidagi hamma nizolarni tinch vosi-talar bilan bartaraf etish. ABT qarorgohi – Addis-Abeba (Efiopiya) shahrida.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil