Aflotun xazinasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Aflotun xazinasi – Farg‘ona vodiysining shimolidagi Aflotun daryosining Itoqarsoy irmog‘i yoqasida joy-lashgan Kalunchat qishlog‘idan topilgan (1924) so‘nggi jez davriga oid yodgorlik. Aflotun xazinasi ba’zan ilmiy adabiyotlarda Kalun-chat xazinasi nomi bilan ham uch-raydi. Aflotun xazinasi misdan ishlangan bilaguzuk, halqa, ik-kita qo‘ng‘iroq shaklidagi zirak, bir necha 788munchoq va jezdan quyilgan 8 ta mitti odam haykalchalaridan iborat bo‘lib, u avval Namangan shahri o‘lkashunoslik muzeyiga topshirilgan, keyinroq esa yo‘qolgan. Mitti odam haykalchalarining balandligi 2,5–2,8 sm dan oshmaydi. Odam shak-li ancha aniq tasvirlangan bo‘lib, ular tik turgan holda, qo‘llarini beliga tirab, cho‘qqi telpak kiyib turibdi. Ulardan faqat bittasi bosh kiyimsiz, ko‘z va burunlari ancha ifodasiz tasvirlangan bo‘lib, boshqa qolipda quyilganligidan dalolat beradi. Bu haykalchalar ishlanish uslubi va shakli jihatidan qadimgi Sharqning jez davri yodgorliklariga o‘xshab ketadi. Ammo ularning cho‘qqi telpak kiygan holda ishlanishi mil. av. 8–7-asrlarda Farg‘ona vodiysida yashagan sak qabilalarini eslatadi. Cho‘qki telpakli mitti odamlar haykalchalari Shimoliy Eronning Hisor 3 yodgorligidan ham o‘ndan oshiq topilgan bo‘lib, ular mil. av. 2-ming yillikning birinchi choragiga oiddir. Aflotun xazinasi dagi bilaguzuk, zirak va halqa kabi buyumlar mil. av. 13–10-asrlarda shu hududlarda yashagan sak qabilalarining bobokalonlari – jez davri aholisining yuksak san’at asarlari yarata olganlaridan dalolat beradi.Ad.:Zadneprovskiy Yu. A., Drevnezem-ledelcheskaya kultura Fergano‘, M., 1962.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil