Kontent qismiga oʻtish

Afalina

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Afalina, qora delfin (Tursiops trunsotus) — kitsimonlar turkumi delfinlar oilasining bir turi. Uzunligi 3,9 m, ogʻirligi 280 kg gacha;xdanasining orqa tomoni qora, qorin tomoni oq. Mo'tadil va iliq suvli dengizlarda tarqalgan. Qora, Boltiq va Uzoq Sharq dengizlarida ham yashaydi. Oʻtroq hayot kechiradi yoki kichik tuda boʻlib koʻchib yuradi. Baliqlar, mollyuskalar va boshqa suv hayvonlari bilan oziqlanadi. Homiladorlik davri 11 oy, tugʻilgan bolasining uzunligi 1-1,2 m, ogʻirligi 14-16 kg, 5-6 oy emizadi. Afalina okeanariumlarda boqiladi, qoʻlga tez oʻrganadi, tutqinlikda ham koʻpayaveradi. Uni turli harakatlarni bajarishga oson oʻrgatish mumkin. Gavay okeanariumida afalina bilan taroqtishli delfin (Steno bredanensis) chatishtirilib urugʻlararo gibrid olingan. Yaponiya delfinariyalarida afalinaning kulrang delfin va kasatkalar bilan gibridlari olingan. Qora dengiz afalinasi muhofaza qilinadi, uni ovlash 1966-yildan boshlab man etilgan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil