Aerozolterapiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Aerozolterapiya — Biologik faol kukun dorilarni aerozol holida, yaʼni maxsus purkagich yordamida kuchli havo oqimi bilan purkab, nafas oldirib davolash; asosan bemorning nafas yoʻllariga, organizmning turli boʻshliqlariga yoki tananing shikastlangan joylariga purkaladi. Bunda nafas yoʻllarida dori etarli konsentrasiyada toʻplanadi. Nafas aʼzolari kasalliklari (surunkali bronxit, bronxoektaziya, oʻpka, shuningdek bronx sili va boshqalar)da qoʻllaniladi[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent 2000-yil




Andoza:Medscistub