Aeroterapiya
Qiyofa
Aeroterapiya — Organizmni chiniqtirish va davolash maqsadida ochiq havodan foydalanish usuli. Aeroterapiyadan koʻpincha bolalar organizmini chiniqtirish va tashqi muhitning noxush omillariga nisbatan chidamini oshirish, shuningdek oʻpka, suyak, teri, boʻgʻim sili, kamqonlik, nerv va yurak-tomir sistemasining funksional kasalliklarini davolashda foydalaniladi. Aeroterapiyaning havo vannalari bilan davolash turi keng qoʻllanadi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |