Aerostat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Aerostat (aero... va yun. states —qo‘zg‘almas) — havodan yengil uchish apparati. Bunda ko‘tarish kuchi zichligi havo zichligidan kam bo‘lgan, qobiq (ballon) ichiga to‘ldirilgan gaz (vodorod, geliy) dan hosil qilinadi. Dastlabki A.ni Fransiyada aka-uka Jozef va Eten Mongolfelar 1783 yilda uchirishgan. Boshqariladigan (dirijabllar) hamda boshqarilmaydigan A.lar bo‘ladi. Boshqariladigan A.larga dvigatel hamda havo vintlari o‘rnatiladi. Geliy vodoroddan og‘irroq bo‘lishiga qaramay, A.larning qobig‘i ko‘pincha geliy bilan to‘ldiriladi, chunki vodorod oson o‘t olib ketishi mumkin. Boshqarilmaydigan A.lar o‘z vazifasiga ko‘ra erkin va bog‘lab qo‘yiladigan A.larga bo‘linadi. Stratostatlar, substratostatlar, havo sharlari erkin A.lar bo‘lib, ulardan i.t. ishlarida, bog‘lab qo‘yiladigan A.lardan harbiy maqsadlarda, meteorologik tadqiqotlarda foydalaniladi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil