Aeronomiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Aeronomiya (aero... va yun. nomos – qonun) – atm.ning yuqori qatlamlarini o‘rganuvchi fan. A.dagi ilmiy tadqiqot usullari: raketalar va sun’iy yo‘ldoshlar yordamida atm.ni zondlash, radioto‘lqinlarning tarqalishini kuza-tish, spektral analiz (tahlil). Yuqori atm. dengiz sathidan bir necha o‘n km dan boshlanib, Yerning bir necha radiusichalik balandlikkacha davom etadi. Pastki atm. bilan yuqori atm. orasida aniq chegara yo‘q. Yuqori atm.da Quyosh nurlari ta’si-rida dissotsiatsiya va ionizatsiya jarayonlari sodir bo‘ladi. 400–500 km balandlikdan boshlab atm. kislorod va azot atomlaridan iborat. Yuqori atm.ning 50–70 km balandlikdagi qismi isigan sohalardan tovushning qaytishini tek-shirish yo‘li bilan, 80 km balandlikkacha qisii kumushsimon bulutlar harakatini kuzatish yo‘li bilan, 1000 km gacha qismi qutb shafaklarini o‘rganish yo‘li bilan, bir necha ming km balandlikdagi qismi chaqmoklarning radioto‘lqinlar tarqalishiga ta’sirini aniqlash yo‘li bilan o‘rganiladi. Aeronomik masalalarni hal etishda spektral tahlil (analiz) muhim vosita hisoblanadi. Yerning sun’iy yo‘ldoshlari va raketalar yordamida olingan ma’lumotlar yuqori atmosferada kuchli ionlashgan qatlamlar yo‘qpigini ko‘rsatdi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil