Aerologiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Aerologiya (aero… va yun. logos — soʻz, tushuncha, bilim) — atm. fizikasining erkin atmlagi (Yer sirtiga tutashuvchi qatlamdan balanddagi) fizik hodisalar va jarayonlarni oʻrganuvchi boʻlimi. Balandliklarda atm. tarkibi, bulut va yogʻinlarning hosil boʻlishi, har xil balandlikdagi havo oqimlari, havo mas-salarining oʻzaro taʼsiri va boshqalarni oʻrganadi. Obhavoni oldindan aytish usullarining tobora takomillashuvi, yuqori balandliklarda uchish imkoniyatlarining kengayishi tufayli butun dunyoda A. tez rivojlandi. Yerning sunʼiy yoʻldoshlari uchirilishi yuqori atm.ni oʻrganish uchun keng imkoniyatlar ochdi. A. ixtiyorida Yerning sunʼiy meteorologik yoʻldoshlari, elektron asboblar, radiolokatsiya vositalari, maxsus jihozlangan samolyotlar, raketa, radiozond va takomillashgan aerostatlar mavjud.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Aerologiya" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil