Aeroblar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Aeroblar, aerob organizmlar — erkin kislorod bo‘lgan muhitda yashay-digan va rivojlanadigan organizmlar. A. kislorodlan oksidlovchi sifatida foydalanadi. A.ga barcha o‘simliklar, ko‘pchilik hayvonlar, zamburug‘lar kira-di. Hayvonlarning kislorodsiz muhitda hayot kechirishi ikkilamchi xususiyatga ega. A. biologik oksidlanishni hujayra nafas olish sistemasi orqali amalga oshiradi. Oksidlanish jarayonida kis-lorod to‘la kaytarilmasdan zaharli mahsulotlar hosil bo‘lishi tufayli A. bu mahsulotlarni parchalaydigan fer-mentlar (ka-talaza, superoksidsismut-gaza)ga ega. Anaerob orgaiizmlarda bun-day fermentlar bo‘lmasligi tufayli O2 ular uchun zaharli ta’sir etadi. Nafas olish zanjiri ayniqsa bakteriyalarda xilma-xil bo‘lib, sitoxromoksidaza bilan birga boshqa terminal oksidazalar ham ishtirok etadi. A. orasida fotosintez qiluvchi sianobak-terlar, suv o‘tlari, yuksak o‘simliklar asosiy ahamiyatga ega. Bu organizmlar faoliyati tufayli ajra-lib chiqadigan O2 boshqa xdmma A. ning rivojlanishini ta’minlaydi (yana q. Anaeroblar).

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil