Advor

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Advor (arab. — aylanalar, turkumlar; birligi — davr) — Oʻrta va Yaqin Sharq musiqa nazariyasida mazmunan universal, shaklan tugal va muntazam takrorlanuvchi jarayonlarni ifodalaydigan badiiy-estetik qonuniyatlar va ilmiy-nazariy qoidalar tizimi. Advor tu-shunchasi Oʻrta Osiyo madaniyatida qadimgi davrlar (taxminan mil.av. 1-ming yillik)da vujudga keladi. Dastlab u umumiy kosmogonik mazmunga ega boʻlib, tabi-at jarayonlaridagi (mas, yil fasllarining almashuvi, muchal-burjlar va osmon jismlarining harakat doiralari va hokazo) muntazam takrorlanuvchi holatlar bilan bogʻliq deb faraz etilmish badiiy-este-tik qonun-qoidalarga tayanadi. Advor ilk bor Kindiy (801-879)ning musiqiy risolalarida maxsus ilmiy-musiqiy atama sifatida „ritmik do-iralar“ maʼnosida, Forobiy asarlarida musiqa asarlarining muvaqqat-fazoviy (ritmik, shakliy) nisbatlarni, „Ixvo-nus-safo“ (10-asr) risolalarida esa universal-estetik tushunchalarni ham ifo-dalovchi atama sifatida qoʻllaniladi. 12-13-asrlarda Advorning maʼno doirasi yanada kengayib, unda turkum (Oʻn ikki maqom, navbat, amal va boshqalar), alohida ijro etiladigan musiqa asarlarining tuzu-klari (parda va tovush-qatorlar tizimi) va ritmik doiralari (usul va zarblar) aks ettirilgan. Ushbu universal musiqiy maʼnolardagi Advor atamasi 13-15-asrlarda, ayniqsa, al-Urmaviyning „Kitobul-advor“ („Aylanalar kitobi“) asaridan keyin musiqa istilohida „maqom“ ata-masiga teng maʼnoda muhim oʻrin egalla-gan. Urmaviyning mazkur asari va undan keyin yozilgan boshqa risolalarida Oʻn ikki maqom kuy tuzuklari va usullari muayyan nisbatlar asosida oʻzaro mutanosib aylanalar shaklida ifoda etilgan. Oʻrta asrlar musulmon Sharqi musiqa ilmida ritmik vaqt birligi hamda ushbu birliklardan tashkil etilgan ritmik tuzilma (usul)lar ham davr yoki Advordeb atalib, risolalarda aylana shaklida ifoda etilgan. Ad.: Rajabov I., Maqomlar masalasiga doir, T., 1963.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Nazarov, Abdumannon. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil