Adventiv embrioniya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Adventiv embrioniya (lot. adventus — tasodifiy va yun. Embryon — embrion, murtak) — oʻsimlik murtak tugunining urugʻlanmasdan, mur-tak qopchigʻi yoki urugʻkurtak qobigʻi hujayrasidan vujudga kelishi. Bunda koʻpincha bir qancha (20 tagacha) embrion hosil boʻladi (poliembrioniya). Koʻproq sitrus oʻsimliklari (mandarin, limon, apelsin va boshqalar)da uchraydi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Adventiv embrioniya" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil