Adrenogenital sindrom

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Adrenogenital sindrom - kortikosteroidlar biosintezi uchun zarur fermentlarning tug‘ma nuqsoni oqibatida yuz beradigan klinik sim-ptomlar majmui. Unga buyrak usti bezi po‘st qavatining tug‘ma virilizatsiya-lovchi giperplaziyasi sabab buladi. Adrenogenital sindromning virilizatsiyalovchi xilida qonda kortizol miqdori deyarli kam bulib, androgenlar ko‘payib ketadi. Bunda qiz homilaning tashqi jinsiy a’zolari o‘g‘il homilaga xos bo‘ladi. Qiz tug‘ilganidan keyin virilizatsiya davom etadi, gavda tuzilishi erkaklarnikiga o‘xshash bo‘lib, sut bezlari o‘smaydi va hayz ko‘rmaydi. O‘g‘il homilaning jinsiy a’zolari tez rivojlanadi va bola tug‘ilganidan keyin barvaqt balog‘atga yetadi. Adrenogenital sindromning tuz yo‘qotish oqibatida kelib chiqadigan xiliga kortizol va aldosteron meta-bolizmida kuzatiladigan ancha chuqur o‘zgarishlar xosdir. Bu gormonlar miqdori juda kam bo‘lib, bemorda buyrak usti bezi po‘st qavatining yetishmovchiligi ruy beradi. Cha-aloqda soxta xunasalik belgilari, organizm degidratatsiyasi (natriy yo‘qotish natijasida), keyinchalik yurak-tomir yetishmovchiligi kuzatiladi va bola yurak faoliyati to‘satdan to‘xtashi natijasida nobud bo‘lishi ham mumkin.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil