Kontent qismiga oʻtish

Adolat (nashriyot)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

"Adolat" — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining nashriyoti. Aholiga huquqiy yordam koʻrsatish „Adolat“ markazi negizida 1992-yil may oyida tashkil etilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qabul qilgan qonunlar va meʼyoriy hujjatlar, ularga sharhlar, huquqiy mavzulardagi maʼlumotnomalar, oʻquv qoʻllanmalari, lugʻatlar, ilmiy-ommabop va badiiy kitob hamda risolalarni nashr etishga ixtisoslashgan. 1992-99 yillar mobaynida „Oʻzbekistonning yangi qonunlari“, „Oʻzbekiston Respublikasi kodekslari“, „Oʻzbekiston Qonunlariga sharhlar“, „Savollarga javoblar“, „Axloq. Adab. Adolat“, „Huquqiy merosimiz xazinasidan“, „Oʻzbek detektivi“, „Chet el detektivi“ turkumidan kitob va risolalar chop etdi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil