Adolat (gazeta)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

"Adolat" — Oʻzbekiston "Adolat" sotsial-demokratik partiyasi (SDP) gazetsi. 1995-yil 22-fevraldan Toshkentda chiqa boshlagan. Haftada bir marta chop etiladi. Muassisi: Oʻzbekiston „Adolat“ SDP Siyosiy kengashi va „Adolat“ gaz. ijodiy jamoasi. Oʻzbekistonda yashayot-gan barcha millat va elatlarning umumiy manfaatlariga mos keladigan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy demokratiya qoidalariga asoslangan, yangi ijtimo-iy munosabatlar qaror topgan adolatli fuqarolik jamiyatini qurish yuzasidan „Adolat“ SDP olib borayotgan faoliyatni keng yoritish gazetaning asosiy vazi-fasidir. Tahririyat huzurida yuristlar, iqtisodchi olimlar, tadbirkorlardan tashkil topgan jamoatchilik kengashi faoliyat koʻrsatadi. Oʻzbekistonning bar-cha viloyatlarida oʻz muxbiriga ega. Adadi — 10 ming (2000).

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil