Adliya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Adliya (arab, adl – adolat, to‘g‘rilik, haqqoniylik, odil sudlov, xolislik) – sudlov muassasalari, sud tashkilotlari va ular faoliyatini anglatadigan tushuncha. Adliya keng ma’nodagi huquqdir. Oʻzbekiston Respublikasida Adliya organlari faoliyatiga Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi rahbarlik qiladi. Oʻzbekiston Respublikasining qabul qilingan "Sudlar to‘g‘risida"gi Qoiuni (1993 yil 2 sentabr) 10-moddasi talabiga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy sudi, viloyatlar, Toshkent shahri sudi, tuman (shahar) sudlarining faoliyatini tashkiliy jihatdan ta’minlash sudyalarning mustaqilligi va ularning faqat qonunga bo‘ysunishi qoidasiga qatiy rioya qilingan holda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi (yana qarang Huquq).

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil