Kontent qismiga oʻtish

Adjarabet Arena

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Batumi Stadium
ბათუმის სტადიონი

UEFA reytingida 4 yulduzli stadion
Toʻliq nomi Adjarabet Arena
Manzili Batumi, Gruziya
Sigʻimi 20,383
Chim turi Maysa
Konstruksiya
Buzilgan joy 21-yanvar 2018-yil
Qurilgan Yanvar 2018-yil – Iyul 2020-yil
Ochilgan 27-sentyabr 2020-yil
Qurilish qiymati ₾ 141 million[1]
Arxitektor Bahadır Kul
Ijarachilar
FC Dinamo Batumi (2020–hozirgi kungacha)
Gruziya milliy futbol terma jamoasi (baʼzi oʻyinlar)

Batumi Stadium (gruzincha: ბათუმის სტადიონი, batumis stʼadioni) rasman Adjarabet Arena (gruzincha: აჭარაბეთ არენა) — Gruziyaning Batumi shahridagi futbol stadioni. Stadion sigʻimi 20,383 kishiga moʻljallangan[2].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qurilish ishlari 2018-yil yanvar oyida boshlangan va 2020-yil iyul oyida yakuniga yetgan. COVID-19 pandemiyasi tufayli qoldirilgan stadionning rasmiy ochilishi 2020-yil 27-oktabrda tantanali marosim bilan boʻlib oʻtdi. Marosimda Gruziyaning oʻsha paytdagi bosh vaziri Giorgi Gakharia ishtirok etdi.

Stadion 20,000 oʻringa moʻljallangan boʻlib, unda „FC Dinamo Batumi“ futbol klubi oʻzining uy uchrashuvlarini oʻtkazadi. U UEFA reytingi boʻyicha 4 yulduzli stadionlar qatoriga kiradi va 2021-yildan beri vaqti-vaqti bilan Gruziya milliy futbol terma jamoasi oʻyinlariga mezbonlik qilib keladi.

Stadion Turkiyaning Bahadir Kul Architecture firmasi tomonidan loyihalashtirilgan boʻlib, qurilishiga taxminan 100 million Gruziya larisi (35 million yevro) sarflangan.

Kechasi yoritiladigan va bir-birining ustiga chiqadigan tarozilar koʻrinishidagi bir qator panellardan tashkil topgan stadionning tashqi koʻrinishi anʼanaviy gruzin raqslarining, xususan, Xorumining aylanma effektidan ilhomlanilgan.

2023-yilda u 21 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi UEFA Yevropa chempionatiga mezbonlik qiladigan toʻrtta Gruziya stadionlaridan biri boʻlgan va Angliya Ispaniyani 1:0 hisobida magʻlub etgan finalga mezbonlik qilgan.

Mashhur oʻyinlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Stadiondagi birinchi oʻyin 2020-yilning 21-noyabr kuni FC Dinamo Batumi va FC Dila Gori klublari oʻrtasida boʻlib oʻtgan.

2022-yil 10-iyul kuni Gruziya regbi jamoasi Italiyani 28-19 hisobida magʻlub etdi. Batumi stadioni ushbu tarixiy oʻyinga mezbonlik qildi, oʻshanda Gruziya 2022-yilning yozgi mavsumida birinchi marotaba birinchi toifadagi jamoani magʻlub etgan edi.

Xalqaro yinlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

11-noyabr 2021-yil Gruziya  2–0  Shvetsiya Batumi
18:00 CST Kvaratskhelia Gol 61'  Kvaratskhelia Gol 77' Report Stadion: Adjarabet Arena
Tomoshabin: 6,800
Hakam: Serdar Gözübüyük

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Батуми Арена“. 2023-yil 4-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-dekabr.
  2. „Adjarabet Arena“. www.adjarabetarena.com. Qaraldi: 31-may 2024-yil.