Adipin kislota
Adipin kislota, ikki asosli organik kislota [NOOS (SN2)4 SOON] — rangsiz kristall. Mol. m. 146,15. Suyuqlanish temperaturasi 149- 150°, qaynash temperaturasi 265°. Suvda, etil spirtda koʻproq, efirda kamroq eriydi, Siklogeksanonni nitrat kislota yoki havo kislorodi bilan marganes tuzlari (katalizator) ish-tirokida oksidlab olinadi. U sunʼ-iy tola — neylon ishlab chiqarishda qoʻllanadigan asosiy xom ashyodir. Efirlari plastifikatorlar va surkov moylari sifatida ishlatiladi. Etiladipinat — etillangan benzinning oktan sonini oshiruvchi modda, dialliladipinat esa smolalarga qotiruvchi qoʻshimcha sifati-da qullaniladi.
Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() |