Adilak

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Adilak (arab, adl — tekis, toʻgʻri, ak — kichraytish qoʻshimchasi) — yuzaning tekis-notekisligini aniqlaydigan asbob. Qalamdon shaklidagi taxtacha-ga oʻrnatilgan, ichiga spirt yoki efir toʻldirilib, havo pufakchasi yuradigan shisha naycha. Agar yuza tep-tekis boʻlsa, A.dagi havo pufakchasi naycha oʻrtasida toʻxtaydi. A.ni duradgor ustalar, toshta-roshlar ishlatadilar. Bu asbob „shayton“ deb ham yuritiladi. Taxtachadan uchburchak shaklida yasalgan A. vaterpas deb ataladi. Vaterpas tik ustunchali chizgʻich; unga shoqul osilgan. Tekshirilayotgan sirt go-rizontal boʻlsa, shoqul chizgʻichdagi oʻyiq oʻrtasida toʻxtaydi. A. astronomiya, geo-deziya va fizika asboblarining muhim qismi hisoblanadi. Astronomiya A.i bilan burchaklarni ham oʻlchash mumkin. Mashi-nasozlikda chilangarlik va ramali A.lar ishlatiladi. Chilangarlik A.i korpus va unga mahkamlangan shkalali shisha nay-chadan iborat. U tekshiriladigan sir-tning korpus asosiga nisbatan qancha ogʻganligini koʻrsatadi. Ramali A. bur-chaklari aniq yasalgan toʻrt burchakli ra-madir. Uni gorizontal (yotiq) va vertikal (tik) sirtlarga urnatib ishlatiladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil