Adigeylar
Qiyofa
Adigeylar (adige) – xalq, Rossiya Federatsiyasining Adigeya Respublikasida yashovchi tub aholi (95 ming kishi). Adigeylar Krasnodar oʻlkasining Lazarevskiy va Tuapse tumanlarida yashaydi. Umumiy soni Rossiya Federatsiyasida 123 ming kishi (1992). Turkiyada ham yashaydi (5 ming kishi). Adigeylar yevropeoidlar irqiga mansub. Diniy eʼtiqodiga koʻra musulmon-sunniylar. Adigeylar ilgari novdalardan chetansimon toʻqilib loy bilan suvalgan uy (saklya)larda yashaganlar. Kiyimlari kabardin kiyimlariga oʻxshash. Adigeylar oʻz adabiyotiga ega. Adigeylar dehqonchilik, chorvachilik, bogʻdorchilik bilan shugʻullanadi, sanoat korxonalarida ishlaydi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |