Kontent qismiga oʻtish

Adib Sobir Termiziy nomidagi kutubxona

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Adib Sobir Termiziy nomidagi kutubxona – shuni aytish joizki, kutubxonaning eski binosi 1936-yilda amalda foydalana boshlangan. Kuniga 32 kishiga xizmat koʻrsatishga moʻljallangan. Bu kutubxonada 20 nafar kitobxon uchun joy ajratilgan hamda 10 dona kompyuter mavjud edi. Axborot texnologiyalari rivojlantirish vazirligi tizimidagi homiy tashkilotlar mablagʻlariga bunyod etilgan. Yangi kutubxonada 2000 nafar kitobxonga xizmat koʻrsata oladi. Zamonaviy kompyuter va axborot-kutubxona texnologiyalari bilan jihozlangan. Kutubxona kadrlar tayyorlash salohiyat va bilimini oshirishga xizmat qiladi. Zamonaviy qulayliklarga ega kompyuter zalida 36 nafar, Wi-Fi hududida 90 nafar, umumiy oʻquv zalida 50 nafar, huquqiy axborot zalida 24 nafar foydalanuvchi uchun oʻrinlar mavjud. Shuningdek, yangi binoda 16 oʻrinli oʻquv markazi ham mavjud. Kutubxonada viloyat axborot-kutubxona markazi xodimlari malaka oshirishlari, viloyat aholisi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boʻyicha savodxonliklarini va bilim konikmalarini oshirishlari mumkin. Kutubxonada qahvaxona, kitob doʻkoni faoliyati yoʻlga qoʻyilgan. Axborot-kutubxona markazi foydalanuvchilarning axborot olish madaniyati boʻyicha bilimlarini oshirish va ilmiy-uslubiy va innovatsion usullarda xizmatlar koʻrsatish uchun barcha zarur tuzilmalarga ega.

Termez sh. Hakim At-Termiziy k-si. 39 'b' uy, Termiz, Uzbekistan

[1]]

[2]

  1. „Adib Sobir Termiziy nomidagi Surxondaryo axborot-kutubxonasi: kecha va bugun (foto)“. Xabar.uz (23-yanvar 2018-yil). 2024-yil 11-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-iyul 2024-yil.
  2. „Adib Sobir Termiziy nomidagi Surxondaryo viloyat Axborot-kutubxona markaziga sayohat“. malaka.uz (2023-yil 23-fevral). 2024-yil 11-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-iyul 2024-yil.