Adhamiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Adhamiy Ibrohim (XV asr) – turk­man beklaridan, asl ismi Shoh turkman. Nomi “Majolis un-nafois”ning oltinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uni xush tabʼ va zarif kishi sifatida taʼriflab, devoni ham borligi haqida maʼlumot beradi va quyidagi matlaʼsini keltiradi:

Hargizam dil be xayoli anbarin xole nabud,


In dili devona hargiz xoli az hole nabud.


(Mazmuni: Hech vaqt koʻnglim qora xol xayolisiz yashamadi; bu devona dil hech qachon bu holdan xoli boʻlmadi)[1][2]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Alisher Navoiy: Qomusiy lugʻat". 
  2. "Majolis un-nafois".