Adham Yunusov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Adham Yunusovich Yunusov (1910.1.7 — Toshkent — 1971.16.10) — fiziolog olim. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (1952), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1960), biol. fanlari doktori (1949), professor (1950). Oʻrta Osiyo Paxtachilik va ipakchilik institutini (1932) hamda Toshkent tibbiyot akademiyasi ni (1943) tugatgan. Toshkent tibbiyot akademiyasi, Nizomiy nomidagi Toshkent pedagogika instituti, Toshkent qishloq xoʻjaligi instituti fiziologiya kafedralarida assistent (1932—38), Farmatsevtika instituti fiziologiya kafedrasida dotsent, keyinchalik mudir (1938—49), Toshkent tibbiyot akademiyasi fiziologiya kafedrasi mudiri (1948—52). Oʻzbekiston maorif vaziri (1952—53). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akad.kotibi (1953—56), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Zoologiya va parazitologiya instituti (hoz. Fiiyulogiya instituti) fiziologiya boʻlimi mudiri (1956—71). Ilmiy ishlari odam va hayvon organizmidagi suvtuz almashinuvi regulyatsiya sidagi ovqat hazm qilish aʼzolarining ahamiyatini tekshirish, kimyoviy termoregulyatsiya, yuqori temperaturali sharoitda fiziologik funksiyalar mexanizmining oʻzgarishini oʻrganish va boshqalar ga oid. Yu. tadqiqotlari asosida issiq sharoitda ishlaydiganlarning tuz isteʼmol qilish meʼyori, qoramoldan meʼda shirasi olish usuli ishlab chiqilgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Fiziologiya krovi cheloveka i jivotnnx v jarkom klimate, T.. 1961; Adaptatsiya cheloveka i jivotnnx k vnsokoy temperature, T, 1971; Odam fiziologiyasi [Darslik], T, 1957.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]