Adenoidlar
Adenoidlar (yun. aden — bez va eidos — oʻxshash) — burun-halqum, aso-san, murtak limfa tugunlarining oʻsib qalinlashishi. Koʻpincha bolalarda uch-raydi. A. oqibatida surunkali tumov, dimogʻ bilan gapirish, tinch uxlay olmaslik, tishlarning notoʻgʻri oʻsishi, Yevsta-xiy nayining bekilib qolishi natijasida baʼzan karlik, zehn va xotiraning susayishi roʻy beradi. A.ga koʻpincha in-feksiya qoʻshiladi, unda bronxit, pnevmoniya va boshqa paydo boʻladi. A. jarrohlik yoʻli bilan olib tashlanadi.
Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |