Adenboy Tojimuratov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Adenboy Tojimuratov (1930, Moʻynoq tumani — 1992, Nukus) — Qoraqalpogʻiston xalk, yozuvchisi (1990). Filol. fanlari nomzodi (1966). Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (1967). Xoʻjayli ped. bilim yurtini (1946), Nukus ped. intini tugatgan (1952). Qoraqalpoq Yozuvchilar uyushmasi boshqaruvi raisi (1963—65). N. Dovqorayev nomidagi Til va adabiyot intida ilmiy xodim (1965—68), Nukus ped. intida oʻqituvchi (1968—77), Oʻzbekiston ped. ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpogʻiston filiali direktori (1977-yildan). Ilk sheʼrlar toʻplami — "Tinchlik kaptari" (1957) bolalarga bagʻishlangan. "Eng qadrli soʻzlar" (1959), "Suhbatlar" (1960), "Umri boqiy chol" (1963) toʻplamlariga kirgan hikoyalarida, "Sarkopli botir" (1961), "Maqsad" (1974), "Suluvxon" (1980) qissalari va "Oydinlar" (1976) sheʼriy toʻplamida qoraqalpoqxalqi hayoti aks etgan. T. 1966-yil qoraqalpoq xalq qoʻshiqlarini yigʻib, nashr ettirgan. "Qoraqalpoq xalq koʻshiklari" monografiyasi qoraqalpoq adabiyotshunosligida muhim oʻrin tutadi. "Qoraqalpoq folklori" (1979) darsligi mualliflaridan biri. R.Tagorning "Halokat" romani, A.Qahhorning "Sinchalak" qissasi, Ch.Aytmatovning "Qizil durrachali dilbarim" qissasi asosidagi pyesa, Sayd Aqmadning "Ufq" romanini qoraqalpoq tiliga tarjima qilgan. Ayrim asarlari oʻzbek tiliga tarjima etilgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Sarkopli botir, 1963.