Adapter
Adapter (lotincha: adapto – moslashtiraman) 1) tovushni qayta eshittirishda – masalan, grammofon plastinkasi aylanganda ninaning yoki torli cholgʻu asboblari torlarining mexanik tebranishini tovush chastotasining elektr tebranishlariga aylantirib beruvchi qurilma. Grammofon adapteri kallak va tonermadan iborat. Kallak elektromexanik oʻzgartirgich hisoblanadi. Tonerma sterjen koʻrinishida boʻlib, uchiga kallak oʻrnatiladi. Kallakning elektromagnit va pezoelektrik xillari bor. Elektromagnit adapter keng tarqalgan. Nina plastinkada yurganda tebranadi va tebranishlar yakorga uzatiladi, yakor tebranganda esa qutb uchliklari boʻlgan doimiy magnit vujudga keltiradigan magnit oqimi oʻzgaradi, gʻaltakda elektr yurituvchi kuch induksiyalanadi (qarang Magnit induksiyasi). Bu elektr yurituvchi kuchning mexanik tebranishlariga mos ravishda oʻzgarib turadi. Adapterda vujudga keladigan elektr tebranishlari kuchaytiriladi va tovush tebranishlariga aylanadi. Adapter elektr va akustik torli cholgʻu asboblari, elektrogitara, gitara, oʻzbek sozlarida (tanbur, gʻijjak va boshqalarda) ham qoʻllanadi[1].Elektr jihozlarida: Elektr energiyasini bir turdagi kuchlanishdan boshqa turdagi kuchlanishga aylantiruvchi qurilma (masalan, dan ga aylantirish).
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |