Adams Samuel
Qiyofa
Adams (Adams) (1722.27.9 −1803.2.10) – Amerika siyosiy va davlat arbobi va publitsisti, Angliyaning Shimoliy Amerikadagi mustamlakalarida ozodlik kurashi tashkilotchilaridan biri. „Ozodlik oʻgʻlonlari“ inqilobiy tashkiloti rahbari. 1-Kontinental kongressni (1774) chaqirish tashabbuskorlaridan. Adams Bostonda Muxbirlar komitetini tuzdi (1772). Undan oʻrnak olib Angliyaning Shimoliy Amerikadagi hamma mustamlakalarida ham shunday tashkilotlar tuzildi. Bular inqilobiy kurash markazlari va mustaqillik urushi davri (1775 – 1783)da mahalliy inqilobiy hokimiyat kurtaklari edi. Adams 1794 – 1797 ylarda Massachusets shtatining gubernatori.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |