Adamar Jak

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

ADAMAR (Hadamard) Jak (1865.8.12, Versal – 1963.17.10, Parij) – fransuz matematigi. Fransiya fanlar akademiyasi a’zosi. Mat.ning turli sohalarida ilmiy tadqiqot ishlari olib borgan. Sonlar nazariyasida rus matematigi P. L. Chebishev qoʻygan "Tub sonlar taqsimlanishining asimptotik qonuni" muammosini hal qilgan. A. hozirgi zamon "Butun analitik funksiyalar nazariyasi"ning yaratilishiga katta hissa qoʻshgan. Uning differensial tenglamalarga doir ishlari diqqatga sazovor. A. mexanikada ustuvorlik muammolari va muvozanatlik holatiga yaqin holatdagi mexanik tizimlarning trayektoriyalari xossalarining tadqiqi, mat.ni maktabda oʻqitish masalasi bilan ham shugʻullangan. London, Vashington va boshqa mamlakatlar fanlar akademiyaslari faxriy a’zosi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil