Kontent qismiga oʻtish

Adam Webster

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Adam Webster
Webster playing for Brighton & Hove Albion in 2022
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Adam Harry Webster[1]
Tavallud sanasi 4-yanvar 1995-yil (1995-01-04) (29 yosh)[2]
Tavallud joyi Chichester, England
Boʻyi 6 fut 3 inches (1.91 m)[3]
Ampluasi Himoyachi[4]
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Brighton & Hove Albion
Raqami 4
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2007–2012 Portsmouth

Adam Harry Webster(1995-yil 4-yanvarda tugʻilgan) − angliyalik professional futbolchi boʻlib, Premer-ligadagi Brighton & Hove Albion klubida yarim himoyada oʻynaydi. Webster Portsmouth klubining yoshlar akademiyasida tarbiyalangan hamda, 2012-yilda bu klub safida oʻz debyutini oʻtkazgan.

Tarjimayi holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Webster Gʻarbiy Sussexning Chichester shahrida tugʻilgan va bu shahar yaqinidagi Gʻarbiy Witteringda oʻsgan[5][6].

Klubdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Portsmouth klubi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Websterni Southampton, Chelsi va hatto 10 yoshida Portsmouth klubi shartnoma imzolashdan bosh tortgandan soʻng, oradan ikki yil oʻtgach yaʼni 12 yoshida Portsmouth yoshlar tarkibiga jalb qilingan. Webster 2011-yilning yozida Portsmouth klubi akademiyasi bilan shartnoma imzolagan.

Maykl Appleton boshqaruvi ostida Websterga birinchi jamoada oʻynash uchun koʻplab imkotiyatlar yarailgan. FA Kubogida Chelsiga qarshi oʻyinda zahirada qoldirilganidan soʻng, keyingi hafta oxirida 17 yoshida West Ham United qarshi kechgan Futbol ligasi chempionatida oʻz debyutini amalga oshirgan[7]. Webster 75-daqiqada Greg Halford oʻrniga maydonda harakat qilgan.

Keyingi mavsumda Webster 22 sonini egallagan va bu jamoada koʻproq oʻyinda maydonga tushish imkonini bergan. Aldershot Town klubiga qayta chaqirilganida, Webster Hartlepool United klubiga qarshi oʻyinda asosiy tarkibga kiritilgan. Webster oʻyinning yagona golini kiritib, Portsmouth jamoasiga 1-0 hisobida gʻalaba qozonishga oʻz hissasini qoʻshgan[8].

Aldershot Town klubi(ijara asosida)[tahrir | manbasini tahrirlash]

2013-yil 13-avgust kuni Webster Aldershot Town bilan 2014-yil yanvar oyigacha ijara asosida shartnoma imzolagan[9]. Webster toʻrt kundan keyin, Grimsby klubiga qarshi 1-1 hisobi qayd etilgan oʻyinda debyut qilgan[10]. U 4-yanvar kuni oʻzining 21-oʻyin oʻtkazganidan soʻng, Pompeyga qaytgan shuningdek, 21-kuni mavsum oxirigacha kelishuvga erishgan.

Ipswich Town klubi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2016-yilda Ipswich Town klubi safida toʻp surayotgan Webster

2016-yil 6-iyun kuni Webster Portsmouthdan EFL chempionatidagi Ipswich Town klubiga nomaʼlum miqdordagi summa evaziga koʻchib oʻtgan[11]. U 6-avgust kuni Ipswich Town jamoasida ilk oʻyinini oʻtkazgan shuningdek, bu oʻyinda Portman Road stadionida Barnsley klubi ustidan 4-2 hisobiida gʻalabaga erishgan[12]. Webster Ipswich klubi uchun birinchi golini 2016-yil 13-dekabr kuni Birmingham Cityga qarshi oʻyinda kiritgan[13]. Webster 2016 hamda 2017-yilgi mavsumda barcha musobaqalarda 24 marta oʻynab shuningdek, bir marta gol urgan[14].

Bristol City klubidagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2018-yil 28-iyun kuni Webster 3,5 million funt sterling evaziga Bristol City klub bilan shartnoma imzolagan[15].

Brighton & Hove Albion jamoasidagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019-yil 3-avgustda Brighton & Hove Albion Webster bilan shartnoma eʼlon qilgan shuningdek, u toʻrt yillik shartnoma imzolagan[16]. Websterning yangi klubi oradan 25 kun oʻtgach, 27 avgust kuni EFL chempionati kubok oʻyinida Bristol Rovers klubi ustidan 2-1 hisobida gʻalaba qozonib, oʻsha oʻyinda Webster oʻz debyutini amalga oshirgan[17]. Webster 31-avgust kuni amaldagi chempion jamoa Manchester Sitiga qarshi oʻyinda 4-0 hisobida magʻlub boʻlgan[18] . Webster 19-oktabr kuni Brighton klubi uchun birinchi golini urgan shuningdek, birinchi marta Villa Park stadionida Aston Villa klubini 2-1 hisobida magʻlubiyatga uchratgan[19]. Websterning Brighton uchun debyut mavsumidayoq oʻz jamoadoshi Shane Duffyni zahira oʻrindigʻida qoldirgan hamda bu mavsum uchta gol va bitta golli uztma bergan[20][21][22].

Webster 3-fevral kuni Brighton 1-0 hisobida amaldagi chempion Liverpul klubini yenggan bu esa 1982-yildan beri Anfieldstadionida birinchi gʻalabasi boʻlgan[23]. Webster mavsumdagi birinchi golini jamoasi 2-0 hisobida magʻlubiyatga uchrayotgan oʻyinda 2-2 hisobi qayd etilishiga oʻz goli bilan yordam bergan. 18-may kuni amaldagi chempion „Manchester City“ klubi bilan oʻyinda 3-2 hisobi qayd etilib, Websterning klubi gʻalaba qozongan[24].

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Webster Portsmouth klubi safida debyut qilgan haftada, Webster Portugaliyada oʻtkazilgan doʻstlik turnirida Angliya U17 jamoasi tarkibiga chaqirilgan.

2012-yil oktyabr oyida Webster Angliya U19 jamoasiga chaqirgan boʻlsa ham, ammo uning murabbiysi Maykl Appleton Portsmouthda oʻyinchi yetishmovchiligi sababli borishiga toʻsqinlik qilgan[25]. Oʻsha oyda Webster Angliya U18 jamoasiga ham jalb qilingan[26]

2012-yil 24-oktabr kuni Webster Italiyaga qarshi 2-0 hisobida kechgan gʻalabali oʻyinda, 18 yoshdan kichik boʻlganlar milliy jamoasida debyut oʻyinini oʻtkazgan[27].

13 noyabr 2012-yil 13-noyabr kuni Webster Angliya 19 yoshlilar jamoasi bilan 1-0 hisobida Finlyandiya terma jamoasi ustidan gʻalaba qozonib, jamoadoshi Jek Stivenning oʻrnini egallagan[28]. Webster 2013-yil 24-mayda U19 jamoasi safiga uchinchi marta chaqirilgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Premier League clubs publish 2019/20 retained lists“. Premier League (2020-yil 26-iyun). Qaraldi: 2020-yil 9-iyul.
  2. „Adam Webster: Overview“. ESPN. Qaraldi: 2020-yil 9-iyul.
  3. „Adam Webster: Overview“. Premier League. Qaraldi: 2020-yil 9-iyul.
  4. „Adam Webster: Profile“. worldfootball.net. HEIM:SPIEL. Qaraldi: 2020-yil 9-iyul.
  5. „Adam Webster“. 11v11.com. AFS Enterprises. Qaraldi: 2020-yil 9-iyul.
  6. Piercy. „Adam Webster reveals why he has swapped Bristol City for Brighton & Hove Albion“. Bristol Live. Local World (2019-yil 3-avgust). Qaraldi: 2020-yil 9-iyul.
  7. Three Changes at Chelsea; Portsmouth F.C., 8 January 2012
  8. Pompey 1 Hartlepool 0; Portsmouth F. C., 5 April 2014
  9. Webster Loaned To Aldershot; Portsmouth FC, 6 August 2013
  10. Grimsby 1–1 Aldershot; BBC Sport, 10 August 2013
  11. „Adam Webster: Ipswich sign Portsmouth defender, Matt Clarke goes other way“. BBC Sport (2016-yil 6-iyun). Qaraldi: 2016-yil 7-iyun.
  12. „Ipswich Town 4-2 Barnsley“. BBC Sport (2016-yil 6-avgust). Qaraldi: 2020-yil 27-yanvar.
  13. „Birmingham City 2-1 Ipswich Town“. BBC Sport (2016-yil 13-dekabr). Qaraldi: 2016-yil 17-dekabr.
  14. „Games played by Adam Webster in 2016/2017“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2019-yil 1-fevral.
  15. „Adam Webster completes £3.5m transfer from Ipswich Town to Championship rivals Bristol City|Ipswich Town FC and Suffolk & Essex Sport“. East Anglian Daily Times (2018-yil 28-iyun). Qaraldi: 2018-yil 28-iyun.
  16. „DEAL DONE FOR WEBSTER“. Brighton & Hove Albion (2019-yil 3-avgust). 2019-yil 3-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 3-avgust.
  17. „Bristol Rovers v Brighton & Hove Albion - BBC Sport“. BBC Sport (2019-yil 27-avgust). Qaraldi: 2019-yil 27-avgust.
  18. „Manchester City 4–0 Brighton & Hove Albion - BBC Sport“. BBC Sport (2019-yil 31-avgust). Qaraldi: 2019-yil 31-avgust.
  19. „Aston Villa 2-1 Brighton: Grealish inspires Villa to late win over 10−man Brighton - BBC Sport“. BBC Sport (2019-yil 5-oktyabr). Qaraldi: 2019-yil 19-oktyabr.
  20. „Brighton defender Shane Duffy determined to keep his place for Liverpool test“. Brighton & Hove Independent (2019-yil 27-noyabr). Qaraldi: 2020-yil 28-iyul.
  21. „Tottenham Hotspur 2-1 Brighton & Hove Albion: Harry Kane and Dele Alli complete turnaround for Spurs - BBC Sport“. BBC Sport (2019-yil 26-dekabr). Qaraldi: 2020-yil 28-iyul.
  22. „Adam Webster Statistics - Premier League“. Premier League (2019-yil 27-noyabr). Qaraldi: 2020-yil 28-iyul.
  23. „Liverpool 0-1 Brighton & Hove Albion: Steven Alzate scores in shock win“. BBC Sport (2021-yil 3-fevral). Qaraldi: 2021-yil 3-fevral.
  24. „Brighton 3-2 Man City: Albion come back from two down to beat 10-man champions - BBC Sport“. BBC Sport (2021-yil 18-may). Qaraldi: 2021-yil 18-may.
  25. Portsmouth Michael Appleton backs Adam Webster for international honours; Sky Sports, 5 October 2012
  26. Pompey defender called up to England squad; Pompey Pages, 21 October 2012
  27. Veevers. „LIONS VICTORIOUS IN MANSFIELD“. The Football Association (2012-yil 24-oktyabr). 2013-yil 5-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 25-oktyabr.
  28. „England 1–0 Finland“ The FA.com.