Adam Robert

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

ADAM (Adam) Robert (1728.3.7, Ker-koldi – 1792.3.3, London) – ingliz me’mori va binokor. 18-asr ingliz klassitsizmining yirik vakili. Edinburg untida o‘qigan (1743 yildan). Yevropa mam-lakatlariga sayohatga chiqib qad. yodgorli-klarni o‘rgangan (1754 – 58). 1761 – 68 yillarda qirollik me’mori. Akasi Jeyms bilan hamkorlikda ratsional mujassamot-da chorbog‘lar (Londondagi Kenvudxaus, 1767 – 69) va jamoat binolari (Edin-burgdagi universitet, 1789 – 93), shahar mavzelari (Londondagi Adelfi, 1768 – 72), 2 – 3 qavatli turar joy binolari va boshqa qurishgan. A. qad. me’morlikka suyanib, mumtoz uslubdagi nafis bezak shakllaridan foydalangan. Binoning ichki qismini bezash va uy jihozlari joyla-shishiga katta ahamiyat bergan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil