Adabiyot muzeyi (Farg‘ona)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Adabiyot muzeyi, Fargʻona vi-loyat Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot muzeyi — madaniy-maʼrifiy va ilmiy muassasa (Qoʻqon shahri). 1960-yilda asos so-lingan. 1966-yilda Fafur Gʻulom nomi be-rilgan. Muzey ekspozitsiyasi 7 boʻlimdan iborat. Koʻrgazmalarida Qoʻqon xonligining 18-19-asrdagi tarixiy, ijtimoiy-madaniy hayotiga, Gʻoziy, Maxmur, Hoziq, Uvaysiy, Nodira, Mahzuna, Maʼdan, Muqimiy, Furqat, Zavqiy, Hamza va boshqa hayoti, ijodiga oid materiallar (shaxsiy buyumlar, asarlarning qoʻlyozmalari, toshbosma nusxalari, hozirgi nashrlari, suratlar, arxiv hujjatlari va boshqalar); Abdulla Qahhor, Sobir Abdulla, Fafur Gʻulom, Husayn Shams, Usmon Nosir, Amin Umariy va boshqa ijodini aks ettiruvchi mate-riallar bor. Muzeyda Navoiy asarlarining Qoʻqonda koʻchirilgan nusxalari, Nizomiy, Umar Hayyom, Saʼdiy, Hofiz, Bedil kabi mumtozlar asarlarining nodir qoʻlyozmalari, fors, ozar shoirlarining sheʼrlaridan tuzilgan bayon va maj-mualar, tazkiralar, Sankt-Peterburg, Boku, Istanbul, Orenburg, Qozon, Ufa, Boqchasaroy va boshqa joylarda chop etilgan gazeta va jurnallar mavjud.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil