Kontent qismiga oʻtish

Adabiyot muzeyi (Farg‘ona)

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Adabiyot muzeyi, Fargʻona viloyat Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot muzeyi – madaniy-maʼrifiy va ilmiy muassasa (Qoʻqon shahri). 1960-yilda asos solingan. 1966-yilda Fafur Gʻulom nomi berilgan. Muzey ekspozitsiyasi 7 boʻlimdan iborat. Koʻrgazmalarida Qoʻqon xonligining 18-19-asrdagi tarixiy, ijtimoiy-madaniy hayotiga, Gʻoziy, Maxmur, Hoziq, Uvaysiy, Nodira, Mahzuna, Maʼdan, Muqimiy, Furqat, Zavqiy, Hamza va boshqa hayoti, ijodiga oid materiallar (shaxsiy buyumlar, asarlarning qoʻlyozmalari, toshbosma nusxalari, hozirgi nashrlari, suratlar, arxiv hujjatlari va boshqalar); Abdulla Qahhor, Sobir Abdulla, Fafur Gʻulom, Husayn Shams, Usmon Nosir, Amin Umariy va boshqa ijodini aks ettiruvchi materiallar bor. Muzeyda Navoiy asarlarining Qoʻqonda koʻchirilgan nusxalari, Nizomiy, Umar Hayyom, Saʼdiy, Hofiz, Bedil kabi mumtozlar asarlarining nodir qoʻlyozmalari, fors, ozar shoirlarining sheʼrlaridan tuzilgan bayon va majmualar, tazkiralar, Sankt-Peterburg, Boku, Istanbul, Orenburg, Qozon, Ufa, Boqchasaroy va boshqa joylarda chop etilgan gazeta va jurnallar mavjud.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil