Adabiy yodgorlik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Adabiy yodgorlik – biror xalqning muayyan davrdagi hayoti, tili va madaniyati, urf-odatlari haqida ma’lumot beruvchi og‘zaki yoki yozma adabiyot namunasi. Adabiy yodgorlik muayyan adabiyotning paydo bo‘lishi va shakllanishida muhim adabiy-tarixiy ahamiyatga ega. Yusuf Xos Hojibning "Qutadg‘u bilig", Mahmud Koshg‘ariyning "Devonu lug‘otit turk", Ahmad Yugnakiyning "Hibat ul-haqoyiq" asarlari turkiy xalqlarning mushtarak Adabiy yodgorlikgi, tilshunoslik, adabiyotshunoslik, tarix, etnografiyaga oid qimmatli manbalardir. Ularning bizgacha qo‘lyozma nusxalari yetib kelgan. Adabiy yodgorliklarning ba’zilari, mas, "To‘maris" afsonasining mazmuni yunon tarixchisi Gerodotning "Tarix" kitobi, "Shiroq" afsonasining mazmuni yunon tarixchisi Polienning "Harbiy hiylalar" kitobi orqali yetib kelgan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • O‘zbek adabiyoti tarixi, 5 j.li, 1-j. T., 1977; Rahmonov N., Toshga bitilgan kitoblar, T., 1983.