Adabiy anʼana
Adabiy anʼana – dunyoni badiiy idrok etish, bilish sohasida davrdan-davrga, avloddan-avlodga oʻtib kelgan adabiy tajribalar: estetik qarashlar, tasviriy vositalar, tildagi obrazlilik, emotsionallik va uslubdagi rang-baranglik. Oʻtmish yozuvchilarining ijod tajribasida sinalgan, ustuvor va muqim gʻoyaviy-badiiy boyliklarni yosh boʻgʻin oʻz davri talabiga kura qayta ishlab, ijodiy rivojlantiradi. Adabiyot va sanʼatda anʼana tarixiy hodisa bulib, muayyan davr ijtimoiy-badiiy xususi-yatlarini aks ettiradi. Oʻzbek adabiyoti eskirmagan, zamon sinovidan utgan, barhayot, ilgʻor anʼanaga suyanadi. Ilgʻor Adabiy anʼana hamma vaqt novatorlikka chorlaydi. Binobarin anʼana va novatorlik orasida mantiqiy aloqa bor. Ularni bir-biridan ajratib, ham tasavvur qilib boʻlmaydi. Biz uchun anʼana hisoblanadigan koʻp gʻoya va mayllar uz vaqtida yangilik sanalgan. Mas, Nizomiy uchun qisman yangilik boʻlgan „Hamsa“ yaratish Navoiy uchun anʼana edi. Shu bilan birga Navoiy „Hamsa“si oʻtmishdoshlarining takrori, taqlidi emas. Unda zamonasining uziga xos gʻoyaviy-estetik masalalari yoritilgan va „Hamsachilik anʼanasi“ yangi bosqichga koʻtarilgan. Oʻzbek mumtoz adabiyotida tazkirachilik anʼanasi ham mavjud edi. Alisher Navoiy, Davlatshoh Samarqandiy, Fazliy kabi adiblar ayrim asarlarini Sharq tazkirachilik anʼanalariga qatʼiy amal qilib yaratganlar. Zahiriddin Muhammad Boboʻrning „Boburnoma“ va Abulgʻoziy Bahodirxonning „Shajarai tarokima“ kabi asarlari, Munis, Ogahiy, Bayoniy, Mirzaolim Mushriflarning tarixiy yilnomalari ham maʼlum adabiy-tarixiy anʼanalar asosida yaratilgan. Oʻzbek adabiyotida 20-asrda vujudga kelgan roman janrining rivojiga katta hissa qushgan Abdulla Qodiriy, Oybek, Abdulla Qahhor, Odil Yoqubov, Pirimqul Qodirov, Oʻtkir Hoshimov, Omon Muxtorov va boshqa sanʼatkorlar ja-hon adabiyotidagi ilgʻor anʼanalarga suyanganlar. Ortiqboy Abdullayev.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |