Adabiy anʼana

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Adabiy an’ana – dunyoni badiiy idrok etish, bilish sohasida davrdan-davrga, avloddan-avlodga o‘tib kelgan adabiy tajribalar: estetik qarashlar, tasviriy vositalar, tildagi obrazlilik, emotsionallik va uslubdagi rang-baranglik. O‘tmish yozuvchilarining ijod tajribasida sinalgan, ustuvor va muqim g‘oyaviy-badiiy boyliklarni yosh bo‘g‘in o‘z davri talabiga kura qayta ishlab, ijodiy rivojlantiradi. Adabiyot va san’atda an’ana tarixiy hodisa bulib, muayyan davr ijtimoiy-badiiy xususi-yatlarini aks ettiradi. O‘zbek adabiyoti eskirmagan, zamon sinovidan utgan, barhayot, ilg‘or an’anaga suyanadi. Ilg‘or Adabiy anʼana hamma vaqt novatorlikka chorlaydi. Binobarin an’ana va novatorlik orasida mantiqiy aloqa bor. Ularni bir-biridan ajratib, ham tasavvur qilib bo‘lmaydi. Biz uchun an’ana hisoblanadigan ko‘p g‘oya va mayllar uz vaqtida yangilik sanalgan. Mas, Nizomiy uchun qisman yan-gilik bo‘lgan "Hamsa" yaratish Navoiy uchun an’ana edi. Shu bilan birga Navoiy "Hamsa"si o‘tmishdoshlarining takrori, taqlidi emas. Unda zamonasining uziga xos g‘oyaviy-estetik masalalari yori-tilgan va "Hamsachilik an’anasi" yangi bosqichga ko‘tarilgan.O‘zbek mumtoz adabiyotida tazkira-chilik an’anasi ham mavjud edi. Alisher Navoiy, Davlatshoh Samarqandiy, Fazliy kabi adiblar ayrim asarlarini Sharq tazkirachilik an’analariga qat’iy 180amal qilib yaratganlar. Zahiriddin Muhammad Bobo‘rning "Boburnoma" va Abulg‘oziy Bahodirxonning "Shaja-rai tarokima" kabi asarlari, Munis, Ogahiy, Bayoniy, Mirzaolim Mushriflarning tarixiy yilnomalari ham ma’lum adabiy-tarixiy an’analar asosida yaratilgan. O‘zbek adabiyotida 20-asrda vu-judga kelgan roman janrining rivojiga katta hissa qushgan Abdulla Qodiriy, Oybek, Abdulla Qahhor, Odil Yoqubov, Pirimqul Qodirov, O‘tkir Hoshimov, Omon Muxtorov va boshqa san’atkorlar ja-hon adabiyotidagi ilg‘or an’analarga su-yanganlar.Ortiqboy Abdullayev.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil