Adab

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Adab (arab.) — 1) yaxshi xulq, tarbiya, xushmuomalalik, hayotni toʻgʻri tushunish, toʻgʻri yashashni oʻrgatish maʼnosida. Oʻzbek tilidagi „odob“ Adab soʻzining koʻplik shaklidir. Adabiyot soʻzi oʻzagi ham Adabdir. 12-asrda „ilmi adab“ yoki „ilmi bade“ atamasi vujudga keldi. Bu soʻz sanʼatidagi badiiy vositalar, usullar va turlarni oʻrgatishga bagʻishlangan. Oʻsha davrda adabiyot soʻzi keng maʼnoda umuman kitoblar, risolalar, maqolalar, yaʼni koʻpchilikning oʻqishi uchun yozilgan asarlarni bildirgan. Tor maʼnoda esa yozma badiiy adabiyotni anglatgan. Hozir Adab arab mamlakatlarida badiiy adabiyot maʼnosida ishlatiladi; 2) tasavvufda 172tariqatdan saboq beruvchi pir yoki shayx va saboq oluvchi murid yoki solihning rioya qilishi zarur boʻlgan qonun-qoidalar nazarda tutiladi. Shayxlar va solihlar adabi xususida koʻplab asarlar yozilgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Qodirov, Muhsin. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil