Kontent qismiga oʻtish

Ad-Dimaniyat orollari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya


Ad-Dimaniyat orollari
JoylashuviMaskat, Ummon Sultonligi
Hudud100 ga

Ad-Dimaniyat orollari – Ummon Sultonligidagi himoyalangan hudud.

Qoʻriqxona Maskatning Al-Sib viloyatida, Barka qirgʻogʻidan (70 kilometr (43 mi) Muskatdan gʻarbda) taxminan 18 kilometr (11 mi) masodagi hududda joylashgan. Umumiy maydoni 100 gektar (250 akr) boʻlgan toʻqqizta oroldan iborat. Qoʻriqxona boy tabiiy merosga ega boʻlib, bir necha turdagi marjon riflari, shu jumladan, ularning juda kam uchraydigan baʼzi turlariga toʻla. Bundan tashqari ushbu orolda tuxum qoʻyadigan koʻp sonli dengiz toshbaqalari ham yashaydi.

Atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim masalalari vazirligining qaroridan soʻng kemping hamda suvga sakrash sporti ixlosmandlari hududga kirish uchun koʻproq pul toʻlaydilar[1].

Ad-Dimaniyatga kirish chet elliklar 10 OMR, mahalliy aholi uchun esa 5 OMR toʻlashlari kerak.

Yangi qoida ishlab chiqilishidan oldin orollarga kirish barcha uchun 1 OMR, suvga sakrovchilar uchun 3 OMR, kempingchilar uchun 5 OMR yoki ushbu turlarning barchasini oʻz ichiga oluvchi butun paket uchun 7 OMR toʻlanar edi. Yangi qonunga koʻra, ummonlik boʻlmaganlar tashrif buyuruvchilar kunlik tur uchun 3 OMR, suvga sakrash sporti uchun 6 OMR, umumiy kemping hamda suvga sakrash paketi uchun 10 OMR toʻlanadi.

Orollarga tashrif buyurish uchun Atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim ishlari vazirligining roziligi talab qilinadi, ushbu qoida avvalgi qonunda ham belgilangan edi. Orolda maksimal 5 kun davomida qolishga ruxsat beriladi, guruhdagilar soni esa 12 kishidan oshmasligi kerak[2].

Mahalliy ravishda orollar Haroba, Huyot, Al-Jabal al-Kabir (Um as-Sakan) nomlari bilan ataladi. Al-Jabal al-Kabir orolining oʻzi Um al-Livaha (Minora) hamda uchta orolni oʻz ichiga oluvchi Al-Javn deb nomlanadigan ikkita orollardan iborat.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „(MECA)“. 2020-yil 17-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 20-iyun.
  2. Times of Oman

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]