Kontent qismiga oʻtish

Achchiqsuv

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Achchiqsuv — Fargʻona viloyatining janubi-gʻarbidagi soyil Qirgʻiziston hududidagi Batken-Bujum vodiysidan boshlanadi.

Koʻlbuloq, Qorakoʻl, Zakan-ariq, Chilgʻozli irmoklari qoʻshilib Achchiqsuvni hosil qiladi. Buloqlardan suv oladi. Uzunligi 54 km. Dastlab shimol tomon oqadi. 30 km masofagacha togʻ oraligʻidagi tekis vodiydan, soʻng chuqur vodiylar hosil qilib, Guzan va Burgan adirlarini kesib oʻtadi va tekislikka chiqadi. Oʻrtacha yillik suv sarfi 4 m³/sek. Bahor va kuz oylarida toʻlib oqadi. Achchiqsuv Fargʻona viloyati Oʻzbekiston tumani yerlarini sugʻoradi[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent 2000-yil