Achchiqkoʻl kollektori

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Achchiqko‘l kollektori - Farg‘ona vodiysidagi eng yirik kol-lektorlar tarmog‘i, Achchiqko‘l va Shimoliy Bag‘dod kollektorlaridan iborat. 1970 yilda ishga tushirilgan. Achchiqkoʻl kollektori qurilishi bilan oldindan ishlab kelayotgan juda ko‘p katta-kichik kollektorlar unga tu-tashtirildi va qadimdan hamda yangi o‘zlashtirilgan yerlardagi umumiy uz. 4,6 ming km bo‘lgan drenajlarning ishi yax-shilanadi. Achchiqkoʻl kollektori drenaj, sizot suvlarini hamda sug‘orishdagi tashlama suvlarni va boshqarilmaydigan soy hamda sel suvlarini ham qabul qilib Sirdaryoga quyadi. Achchiqkoʻl kollektori Markaziy Farg‘ona (asosan, Farg‘ona va Namangan viloyatlari)dagi 250 ming ga yerga xizmat qiladi. Achchiqkoʻl kollektorining Sirdaryoga quyilish joyida ko‘p yillik o‘rtacha suv sarfi 101,1 m/s, suvning eng yuqori minerallashuvi miqdori 8,9 g/lni tash-kil etadi va yil davomida 2,0 mlrd. m3 suvni chiqaradi (1999).[1]

Manbalar[tahrir]

  1. "Achchiqkoʻl kollektori" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil