Achchiqkoʻl (Toshkent)
Achchiqkoʻl — Toshkent shahridan 20 km gʻarbdagi koʻl. Uz. 700 m, eni 150 m. A. buloq suvidan toʻyinadi. Koʻl va uning atroflari qamishzor. Koʻlda oltingugurt hidli shifobaxsh qora balchiq bor (qalinligi 10- 15 sm). Bu balchiqdan davolash muassasalari, jumladan Toshkent shahridagi Salomatlikni tiklash va fizioterapiya ilmiy tadqiqot institutida foydalaniladi[1].
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() |