Achchiqgarvuz

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Achchiqgarvuz (Citrulius colocynthis) – qovoqdoshlar oilasiga mansub ilashib o‘suvchi bir yillik o‘simlik. Palagining uz. 1 – 2 m. Barglari uchburchak shaklida, bo‘yi 5 – 8, eni 4 – 5 sm. Gullari bir jinsli. Mevasi dumaloq, achchiq, diametri 7–12 sm, dastlab och yashil, pishishiga yaqin sarg‘ish va qoramtir bo‘ladi. Achchiqgarvuz avgust–sentabrda gullab, oktabr–noyabrda hosil beradi. O‘zbekistonda dorivor o‘simlik sifatida ekiladi. Vatani Shimoli-Sharqiy Afrika. Mevasining tarkibida glyukozid bor. Achchiqgarvuzning mevasidan surgi sifatida foydalaniladi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil