Abʼod
Ab’od (arab. bu’d oraliq soʻzining koʻpligi) – ikki nagʻma, yaʼni ton oraliqlari, intervallar. Qadimgi Sharq musiqa nazariyasida Aʼbodning juda koʻp turlari boʻlgan. Jumladan ab’odi avsat, ab’odi vusto – oʻrtacha hajmdagi intervallar – oktava, septima, seksta, rinta va kvartalar. Ab’odi izom yoki ab’odi kubro – katta intervallar. Ular kvintdesima, duodesima va undesima kabi oktavadan katta intervallarni oʻz ichiga oladi; ab’odi lahniy yoki ab’odi sigʻar – kichik intervallardir: katta sekunda bilan kichik sekunda intervallarini oʻz ichiga oladi, baʼzan tersiya ham koʻzda tutilgan. Bular kuy va pardalar hosil qilishda qoʻllanilgani uchun „lahniy“ („kuychan“) deb atalgan. Lahniylarning turlari: izom (katta), avsat (oʻrtacha) va sigar (kichik); ab’odi muloyim yoki ab’-odi muttafiq (ittifoqdosh) – yoqimli, ohangdosh intervallar. Konsonanslar; ab’odi munofir yoki ab’odi mutanofir ikki nafratli oraliq, yoxud ab’odi gʻayri muloyim – yoqimsiz intervallar – dissonanspar; ab’odi mustaʼmal – musiqa amaliyotida qoʻllaniladigan intervallar: ab’odi gʻayri mustaʼmal – musiqada qoʻllanilmaydigan intervallar. Maxsus musiqa oʻquv yurtlaridagi Sharq musiqasiga oid darslarda Aʼbod tizimi oʻrganiladi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |