Abʼod

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ab’od (arab. bu’d oraliq soʻzining koʻpligi) — ikki nagʻma, yaʼni ton oraliqlari, intervallar. Qadimgi Sharq musiqa nazariyasida A.ning juda koʻp turlari boʻlgan. Jumladan ab’odi av-sat, ab’odi vusto — oʻrtacha hajmdagi intervallar — oktava, septima, seksta, rinta va kvartalar. Ab’odi izom yoki ab’odi kubro — katta intervallar. Ular kvintdesima, duodesima va undesima kabi oktavadan katta intervallarni oʻz ichiga oladi; ab’odi lahniy yoki ab’odi sigʻar — kichik intervallardir: katta se-kunda bilan kichik sekunda intervallarini oʻz ichiga oladi, baʼzan tersiya ham koʻzda tutilgan. Bular kuy va pardalar hosil qilishda qoʻllanilgani uchun „lahniy“ 8(„kuychan“) deb atalgan. Lahniylarning turlari: izom (katta), avsat (oʻrtacha) va sigar (kichik); ab’odi muloyim yoki ab’-odi muttafiq (ittifoqdosh) — yokimli, ohangdosh intervallar. konsonanslar; ab’odi munofir yoki ab’odi mutano-fir ikki nafratli oraliq, yoxud ab’-odi gʻayri muloyim — yoqimsiz, nomu-loyim intervallar — dissonanspar; ab’odi mustaʼmal — musiqa amali-yotida qoʻllaniladigan intervallar: ab’odi gʻayri mustaʼmal — musiqada qoʻllanilmaydigan intervallar. Max-sus musiqa oʻquv yurtlaridagi Sharq musiqasiga oid darslarda A. tizimi oʻrganiladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Abʼod" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil