Abulvalid Ahmad bin Abi Rijo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Abulvalid Ahmad bin Abi Rijo (846-yilda vafot etgan) – “Nasoyim ul-muhabbat”da tilga olingan tasavvuf shayxi. Hirot yaqinidagi Ozodon qishlogʻida tugʻilgan. Imom Ahmad Hanbalning shogirdi. Imom Buxoriy undan hadis rivoyat qilgan. “Mujmali Fasihiy”da 15–16-asrda Hirot aholisi har chorshanba kuni uning qabrini ziyorat qilishga borishgani haqida maʼlumot berilgan. Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat”ga “Nafahot ul-uns”dan ushbu shayx bilan bogʻliq bobni aynan kiritgan[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Alisher Navoiy: Qomusiy lugʻat". "Sharq" NMAK, 2016.