Abulqosim Bishr Yosin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Abulqosim Bishr Yosin (vaf. – 381 h.q./991 m.) – Shayx va shoir Alisher Navoiyning maʼlumot berishicha, Bishr Yosin shayxlarning donishmandi, avliyolarning ulugʻi. Mashhur tariqat piri, oriflar sultoni Abusaid Abulxayrga ustoz. Unga yoshligida taʼlim berib, kelajakda buyuk shayx darajasiga yetishini bashorat qilgan. “Asror ut-tavhid”da Abusaid Abulxayr: “Bizning aytgan har bir sheʼrimiz azizlarning, koʻproq pirimiz Abulqosimning soʻzlaridir”, deb aytgan. Shundan kelib chiqib, tadqiqotchilar Abusaid va Abulqosim sheʼrlarini ajratish mumkin emas, Bishr Yosin ilk shayx-shoir boʻlgan, deydilar[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. “Alisher Navoiy: Qomusiy lugʻat”.