Abulhasan bin Shaʼra

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Abulhasan bin Shaʼra, Amr bin Usmon bin Hakim bin Shaʼra – “Naso­yim ul-muhabbat”da tilga olingan tasavvuf shayxi. Abulhasan Shaʼra haqida Abu Saʼid Moliniy “Arbaʼin” asarida maʼlumot bergan. Aytishlaricha, uning qabridan mudom Qurʼon tilovati eshitilgan. Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat”ga “Nafahot ul-uns”dan ushbu shayx bilan bogʻliq bobni aynan kiritgan[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Alisher Navoiy: Qomusiy lugʻat. Sharq NMAK, 2016.