Abulhasan Soyigʻ Ali bin Muhammad bin Sahl Dinavariy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Abulhasan Soyigʻ Ali bin Muhammad bin Sahl Dinavariy (vafoti 330-hijriy-qamariy/942-milodiy) – “Nasoyim ul-muhabbat”da tilga olingan tasavvuf shayxi. Iroqi Ajamning Dinavar qishlogʻi (hozirgi Eronning Kirmonshoh viloyati)da yashagan. Tasavvuf sirlarini Abu Jaʼfar Saydaloniydan oʻrgangan. Abulhasan Qarofiy, Duqqiy, Abu Usmon Magʻribiyning ustozi. Alisher Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat”ga “Nafahot ul-uns”dan ushbu shayx bilan bogʻliq bobni aynan kiritgan[1][2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. “Alisher Navoiy: Qomusiy lugʻat”. 
  2. “Nasoyim ul-muhabbat”.