Abulhasan Simjuriy Muhammad ibn Ibrohim

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Abulhasan Simjuriy Muhammad ibn Ibrohim (?—989) — Somoniylar sipohsolori va Xurosondagi noibi (957 yildan). Asli Gʻulomlardan. Buvayxiylar va ziyoriylarga qarshi janglarda gʻalaba qozongan, uning yordamida Gʻaznada somoniylar hukmronligi oʻrnatilgan. Soʻng, u somoniylar amiri Nuh ibn Mansur (976—997) dan yashirincha qoraxoniylardan Bugʻroxon (Horun ibn Muso, 992 yilda vafot etgan) bilan Somoniylar tasarrufidagi yerlarni oʻzaro boʻlib olish xususida muzokara olib borgan. Kelishuvga koʻra, Movarounnaxr Bugʻroxonning, Amudaryoning janubidagi yerlar esa Abulhasan Simjuriyning qoʻliga oʻtishi lozim boʻlgan. Bu fitnada Abulhasan Simjuriy va Bugʻroxondan tashqari Nuh ibn Mansoʻrning yirik amirlaridan Foiq ham ishtirok etgan. Bu esa somoniylar inqirozini tezlashtirgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil