Abulgʻarib Isfahoniy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Abulgʻarib Isfahoniy“Naso­yim ul-muhabbat”da tilga olingan tasavvuf shayxi. Ishqda ayni jamʼ maqomiga yetishgan zotlardan boʻlgan. Bu maqom haqida koʻp soʻzlagani uchun uni “hululiy” (ilohiy zot inson jismiga joylashadi, degan botil aqida tarafdorlaridan) deb ayblaganlar. Shayx Roʻzbehon Buqliy Sheroziy “Sharhi shathiyot” asarida bu ayblovni rad etgan. Shayx Abu Abdulloh Xafif Sheroziyning yaqin doʻstlaridan boʻlgan. Alisher Navoiy “Naso­yim ul-muhabbat”ga “Nafahot ul-uns”dan ushbu shayx bilan bogʻliq bobni qisqartirib kiritgan[1][2].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Alisher Navoiy: Qomusiy lugʻat. 
  2. Nasoyim ul-muhabbat.